O‘zbekiston | 17:09 / 15.07.2017
22148
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarining kengaytirilgan yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 11-14 iyul kunlari respublika bo‘ylab O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlarining kengaytirilgan yig‘ilishlari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi xabar berdi.

Mazkur yig‘ilishlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017 yil 5 iyuldagi 01-03/5-sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi. Yig‘ilishlarda viloyat hokimlari, Kengash raislari, faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Shuningdek, kengaytirilgan yig‘ilishlarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi hamda Ijroiya qo‘mitasi tarkibini saylash masalalari ko‘rib chiqildi. 

Xususan, Jizzaxdagi yig‘ilishda ham viloyatning faol yoshlari so‘zga chiqib, ular tomonidan yangi rais nomzodi ko‘rsatib o‘tildi. Ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzod ovozga qo‘yildi va saylandi.

Yig‘ilishning ikkinchi qismida so‘zga chiqqan viloyat faollari tomonidan hududiy Kengashning Ijroiya qo‘mitasi soni va tarkibi bo‘yicha ham taklif bildirildi hamda Ijroiya qo‘mita tarkibi ovozga qo‘yildi. Shundan so‘ng ijroiya qo‘mitasi tarkibi ham saylandi. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi aparat xodimlari ishtirok etdi.  

 

Mavzuga oid