O‘zbekiston | 12:05 / 15.07.2017
92638
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy xavfsizlik xizmati general-mayori Belarus Davlat chegara qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi

Foto: gpk.gov.by

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari – MXX chegara qo‘shinlari Qo‘mondoni Rustam Eminjonov 2017 yilning 11-14 iyul kunlari Minsk va Brestda Belarus Davlat chegara qo‘mitasi raisi general-mayor Anatoliy Lappo bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Belarus Davlat chegara qo‘mitasi sayti xabar berdi.

Tomonlar uchrashuv davomida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida MDH ishtirokchi davlatlari Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari Kengashi doirasidagi hamda ikki tomonlama shakldagi hamkorlik masalalarini muhokama etishdi.

Tomonlar ikki mamlakat davlat chegarasidagi holat, uni rivojlantirish tendensiyalari, shuningdek, chegara xavfsizligiga ta'sir ko‘rsatuvchi tahdid va muammoli masalalar yuzasidan ma'lumot almashishdi.

Chegara idoralari rahbarlari ChQQK doirasida va ikki tomonlama shaklda chegaralarni qo‘riqlash hamda chegara infratuzilmasini takomillashtirish sohasida tajriba almashish maqsadida hamkorlikni davom ettirish lozimligini ta'kidlab o‘tishdi.

Mavzuga oid