Toşkent şahridagi sobiq MXX binosi hududidan daraxtlarni köçirgan “Muna Mug” kompaniyasi rahbari Farrux Hakimov boşqa joyga ötqazilgan daraxtlarni suratga olayotgan Komil Yenikeyevga tayziq ötkazgan. Bu haqda bloger Nikita Makarenko xabar bermoqda.
Makarenko tomonidan e’lon qilingan videoda hodisa tafsilotlarini Komil Yenikeyevning özi hikoya qilib bergan. Videoda fotograf sobiq MXX binosi hududidan köçirilgan daraxtlarni suratga olayotganda noma’lum şaxs kelib unga fotograf turgan joy xususiy mulk ekanini eslatgan va “nega atrofni videoga olyapsan?”deb söragan.
Fotografdan “Men öz mulkim bölgan maşinam içida ötiribman va xohlagan joyimni videoga olaman”, degan javobni eşitgan şaxs unga “Şunçalik aqllimisan? Mendan qörqib ketdingmi? Qörq mendan. Tez buyoqdan ket”, deydi. Söng qölidagi gazlangan içimlikni fotografning boşidan quyadi.
Keyinçalik fotografga tazyiq ötkazgan şaxs sobiq MXX binosi hududidan daraxtlarni köçirgan “Muna Mug” kompaniyasi rahbari Farrux Hakimov ekani ma’lum böladi.
Ma’lumot uçun, 22 may kuni Toşkent şahri markazidagi Sayilgoh köçasidan ustiga yaşil mato yopib olib çiqib ketilayotgan daraxtlar videosi tarqaldi. Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, daraxtlar sobiq Milliy xavfsizlik xizmati binosi hududidan olinib, Toşkent viloyatining Qibray tumani Mirzo Uluğbek şaharçasidagi anhor böyiga köçirib ötqazilgan.
Voqea ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgaç, Ekologiya partiyasi Boş prokuratura va atrof-muhitni muhofaza qilişga mas’ul davlat taşkilotlaridan zudlik bilan holatga çora körişni söradi. Şundan keyin Ekologiya vazirligining Toşkent şahar boşqarmasi örganiş boşlaganini ma’lum qildi.
Kun.uz tomonidan ötkazilgan suriştiruvda şahar Ekologiya boşqarmasi bölim boşliği Tursunpölat Egamov Metropol Group yanvar oyida daraxtlarni kesiş uçun boşqarmaga xat jönatganini, lekin vazirlik buni rad etganini ma’lum qildi.












