Toşkent şahri Yunusobod tumani Sayilgoh köçasida joylaşgan sobiq MXX binosi hududidagi yirik daraxtlar kesib, yaşirinça olib ketilayotgani aks etgan videolar yuzasidan Ekologik partiya rasmiy munosabat bildirdi.
Partiya Boş prokuratura hamda atrof-muhitni muhofaza qilişga mas’ul davlat taşkilotlaridan zudlik bilan uşbu holatga çora körilişini söragan.
“Iqlim özgarişini yumşatişning eng muhim aspekti-bu daraxtlarning köp bölişi. Şundoq ham poytaxtimizda sanoqli qolgan daraxtlarimizni asraş böyiça moratoriyga va ekofaollarimiz bong urişiga qaramasdan hali hamon daraxtkuşlar töxtamayapti”, — deyiladi partiya munosabatida.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarda buzilayotgan bino hududidan yirik daraxtlar ustiga mato taşlangan holda olib çiqib ketilayotgani körinadi.
Kun.uz holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligiga sörov yubordi.
Ma’lumot uçun, 1950 yillarda qurilgan bino oldin Içki işlar vazirligining markaziy şahar poliklinikasi, keyin Özbekiston SSR Davlat xavfsizlik qömitasi binosi, söngra Milliy xavfsizlik xizmati binosi bölgan. 2018 yilda MXX Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirilib, yangi joyga köçirilgandi.
2023 yilda Radisson Hotel Group kompaniyasi Metropol Group bilan şartnoma tuzib, sobiq MXX binosi örnida 22 qavatli mehmonxona qurişi ma’lum bölgan edi. Bino 2021 yilning yozigaça Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatida bölgan.

















