Mirzo Ulug‘bek tumanida talonchi yigit ushlandi
2017 yilning 28 iyun kuni taxminan soat 15:30 larda noma'lum shaxs o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani xududida fuqaro Nikolay Borisovdan (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) qo‘l sumkasi, uning ichidagi "Sony Ericsson" rusumli uyali telefoni, pullari hamda boshqa mulkini egallab olgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya'ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Alisher Tadjibayev sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
18:31 / 18.10.2024
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘cha 2 oyga yopiladi
22:29 / 12.09.2024
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi
11:44 / 08.09.2024
«Talonchilik bilan aynan harbiylar shug‘ullanayotganidan xabaringiz yo‘qmi?» Kurskliklar nega o‘z uylarini tark etishdan qo‘rqmoqda
07:28 / 30.08.2024