Jahon | 13:29 / 15.07.2017
15831
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari Turkiyaning Rossiyadan S-400 tizimlarini xarid qilishiga munosabat bildirdi

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimlarini xarid qilishini suveren qaror, deb atadi. Bu haqda Pentagon rasmiy saytida xabar berildi.

«Bu suveren qaror, shunday», - dedi u jurnalistning AQSh bunday harakatlarni ma'qullaydimi, degan savoliga javob qaytarib.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, asosiy muammo Rossiya va NATO tizimning o‘zaro bir-biriga mos tushmasligidadir.

Avvalroq Turkiya Rossiyadan S-400 ZRKlarini xarid qilishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid