Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi raisi saylandi
Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev so‘zga chiqdi.
U mamlakatda yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan mutlaqo yangi tashkilot O‘zbekiston yoshlar ittifoki tashkil etilganligini qayd etdi. Har yili 30 iyun sanasi mamlakatda “Yoshlar kuni” deb e'lon kilinishini aytib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbari ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borishi huquqiy asosda belgilanganligini aytdi. Shu bilan birga, u Prezident farmoniga binoan Oliy Majlis Senati a'zosi etib tayinlanadi.
Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining raisi saylandi. Ishtirokchilar bu lavozimga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatini boshqarib kelayotgan Shavkat Zayniddinovning nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma'qulladilar. Kengaytirilgan yig‘ilishda Kengashning ijroiya qo‘mitalari tarkibi ham saylab olindi.
Mavzuga oid
00:19 / 05.07.2026
Sirdaryodagi har ikkinchi baliq tanasida mikroplastik borligi aniqlandi
19:28 / 20.06.2026
Sirdaryoda tanishining pulini qalbaki dollarga almashtirib qo‘ygan ayol ushlandi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026