Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Fransiyaga tashrifini «ajoyib» deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiyaga tashrifi va ushbu davlat prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvini «ajoyib» deb atadi. Bu haqda u tvitterda yozgan.
«Fransiya, Parijdan hozirgina qaytib keldim. Bu Emmanuel Makronning oldiga ajoyib tashrif bo‘ldi. Biz ko‘p narsalarni muhokama qildik va ikki kun ichida ko‘p narsaga erishdik!» - deya yozdi Tramp.
AQSh prezidenti Makronga Bastiliya egallangan Kunning nishonlanish marosimiga kelish uchun qilingan taklifga minnatdorlik ham bildirgan.
«Prezident Emmanuel Makron, Melaniya va meni Fransiyadagi bunday tarixiy marosimga taklif etganingiz uchun rahmat», - deya ta'kidlab o‘tdi Tramp.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026