Jahon | 08:00 / 17.07.2017
11332
3 daqiqa o‘qiladi

Armaniston prezidenti: "NATOda bizni quchoq ochib kutib olishadimi?"

Foto: RIA "Novosti"

Armaniston prezidenti Serj Sargsyanning fikricha, Ozarboyjonga rus qurolining yetkazib berilishi tufayli Rossiya bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish haqidagi bayonotlar xavflidir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bu juda xavfli so‘zlar, ular yomon vaziyatni yuzaga keltirish mumkin. Nafaqat so‘zlarni, balki harakatlarni ham. Qayta ko‘rib chiqish haqida gapirar ekansiz, sizlar kim bilan qayta ko‘rib chiqib, munosabatlarni yaxshilamoqchisiz, Turkiya bilanmi? Yoki NATOda Armanistonni quchoq ochib kutib olishadimi? Yoki biz barcha bilan dushman bo‘lib: Ozarboyjonga yordam berayapsiz, hamda biz butun jahonga qarshimiz, deb ma'lum qilishimiz kerakmi?»  - dedi u.

Armaniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik sohasida siyosatning «diversifikatsiya»si so‘zini tushunmaydi.

«Umumiy so‘zlar jamiyatning bu sohada tegishli bilimlarga ega bo‘lmagan qatlamlariga qaratilgan, ularga bu kerak emas, hamda ular bu umumiy so‘zlar bilan cheklanishi mumkin. Diversifikatsiya qilish nima degani? Nima, bizda NATO, Yevroittifoq davlatlari bilan munosabatlar yo‘qmi? Hozir aynan shunday siyosatni olib bormoqdamiz – yaqin ittifoqchilarga ega bo‘lgan holda, sheriklar bilan hamkorlik qilayapmiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Sargsyan.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Ozarboyjonga qurol yetkazib berish masalasi – Armaniston-Rossiya do‘stligi, hamkorligi va ikki tomonlama munosabatlaridagi eng og‘riqli joydir.

«Biroq, boshqa jihatdan, ba'zi holatlar bor, hamda, ehtimol, ushbu holatlarni biz qabul qilinmaymiz, biroq bu ularga qulaydir. Hozircha jiddiy hech narsa yuz bermadi... Agarda jiddiy oqibatlar yuzaga kelmasa, buni Rossiyaning mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha uzoq muddatli siyosiy faoliyati, deb baholash kerak», - deya xulosa qildi prezident.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid