Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Milan» yana ikki futbolchi transferi bo‘yicha ish olib borilayotganini tasdiqladi
«Milan» klubi sport ishlari direktori Massimiliano Mirabelli «Real» hujumchisi Alvaro Morata va «Bavariya» yarim himoyachisi Renatu Sansheshni transfer qilish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma'lum qildi.
«Morataga avvalboshdan qiziqish bildirganmiz. U biz uchun juda mos. Ammo oxirgi vaqtlarda bu transfer bo‘yicha ishlar to‘xtab qolgandi. Bu boradagi aloqalar tiklanishi mumkin, ammo bizning shartlarimiz bilan.
Sansheshni biz juda yaxshi bilamiz. Uni «Benfika»daligidayoq kuzata boshlaganmiz. «Bavariya»da unda o‘yin amaliyoti bo‘lmadi. Biz uni o‘z safimizga qo‘shib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz. Ammo ma'lum shartlar evaziga», deya Mirabellining so‘zlarini keltirgan Premium Sport.
Qayd etish kerakki, Alvaro Morata «Manchester Yunayted»ga o‘tishi haqidagi xabarlardan keyin «Milan» unga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotgandi. Ammo Manchester jamoasi Moratani emas, Romelu Lukakuni xarid qildi. Shundan so‘ng, avvaliga 90 million yevroga baholangan Alvaro Morataning narxi pasaygan. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, «Milan» uni 70 million yevroga sotib olishi mumkin.
Sanshesh esa 7 million yevro evaziga ikki yil muddatga ijaraga olinishi, ikki yildan keyin uning transfer huquqi 40 million yevro evaziga xarid qilinishi aytilgan.
«Milan»ni to‘xtatib bo‘lmayapti. Jamoa bosh direktori yana hujumchilar istamoqda
Mavzuga oid
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
19:09 / 20.11.2024
Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi
12:12 / 23.04.2024