Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 iyul kuni Toshkentda 3 inson YTH tufayli vafot etdi
2017 yilning 16 iyul kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 3 nafar shaxs tan jarohati olgan, 3 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
2017 yilning 16 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2510 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 731 tasini qo‘pol turdagi, 38 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 16 iyul kuni jami 737 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 432 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 305 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyul Toshkent shahrining Sergeli tumanida katta tezlikda harakatlangan «Spark» rusumli avtomobil halokatga uchrab, 3 kishi voqea joyida halok bo‘lgani xaqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
19:34 / 13.04.2026
Taekvondochi Yosinbek Odilov yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
19:30 / 13.04.2026
Eski shaharning yangi Zarqaynari – turizm ko‘chasidan reportaj
18:42 / 13.04.2026
O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 346 kishi halok bo‘ldi – IIV
17:41 / 13.04.2026