Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar katta mablag‘ evaziga «PSJ»ga o‘tishi mumkin
«PSJ» «Barselona»dan Neymarni transfer qilish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor.
Sky Sport Italia nashri xabariga ko‘ra, fransuzlar jamoasi futbolchining shartnomasida badal puli sifatida ko‘rsatilgan 222 million yevro miqdoridagi summani to‘liqligicha to‘lashga tayyor. Parijliklar 25 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.
Bundan avvalroq, ushbu futbolchi Lionel Messi soyasida qolib ketayotgani tufayli kataloniyaliklar klubidan ketishi haqida xabarlar tarqalgandi.
«Messining yonida bo‘lsang, hamisha ikkinchi bo‘lasan. Sen hamisha soyada qolasan va hech qanday shaxsiy yutuqlarga erisha olmaysan», deya Neymarning oila a'zolaridan biri so‘zlarini keltirgan nashr.
Yakunlangan mavsumda Neymar «Barselona»ning barcha turnirlar doirasidagi 41 uchrashuvida maydonga tushib, 20 gol urgan va 27 golga uzatma bergan.
O‘tgan oyda katalonlar jamoasi bir yildan ortiq muddat davom etgan muzokaralardan so‘ng Lionel Messi bilan 5 yillik yangi shartnoma imzolagandi.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
20:37 / 16.05.2026