Jahon | 07:38 / 18.07.2017
9035
1 daqiqa o‘qiladi

CNN: Rossiya va AQSh diplomatik mulk masalasini “deyarli hal etishdi”

Foto: tv360

Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov va AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon rus diplomatik mulki masalasini “deyarli hal etishdi”, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Xabar qilinishicha, Ryabkov Davlat departamenti binosidan 2,5 soat o‘tib chiqqanida, jurnalist undan masala hal etilgani borasida qiziqqan.

“Deyarli, deyarli”, - deya Ryabkovning so‘zlarini keltiradi telekanal.

Ta'kidlanishicha, Shennon uchrashuv yakunlariga izoh bermagan.

Avvalroq Oq uy Rossiyaning AQShdagi mulkiga doir muammoni izohlamagani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid