Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining yarmi ortda qoldi. Ötgan qisqa muddatda qator işlar amalga oşirildi. Qolganlari davom etyapti. Albatta, qölga kiritilgan yutuqlar özimizniki. Biroq bugun xalq bilan muloqot qiliş, aholining muammolarini örganib, masalani joyida ijobiy hal etişda oqsoqliklar hamon uçrayotganidan taşvişga tuşmaslikning iloji yöq. Bir narsa aniqki, davlat xalq hokimiyatiga asoslangan ekan, uning huzuridagi taşkilotmi yoki davlat oldidagi majburiyatlarni bajarayotgan nodavlat taşkilot böladimi, qat'i nazar omma bilan işlaşni kuçaytiriş zarur.

Muammoning kiçigi bölmaydi. Çekka bir tumanda aholiga yetkazib beriladigan elektr energiyasi yoki gaz muntazam ravişda uzilib tursa, öşa hududdagi aholining holi nima keçadi? Aholi öz murojaatida bu masala yuzasidan şikoyat qilsa, bunga mahkamadan turib, xat orqali javob yoziş bilan iş bitmaydi. Bu arzimas muammo ekan deb, beparvolarça murojaatni muddati ötgaç, javobini yozib yuboriş, öşa yerda istiqomat qilayotganlarning davlat taşkilotiga yoki mamlakat byudjyeti va boşqa manbalar hisobiga hukumat oldida majburiyatlarni bajarayotgan taşkilotlarga nisbatan odamlarda işonçsizlik keltirib çiqarmaydimi?

Sir emaski, aksariyat hollarda ayrim taşkilotlar öz oldidagi muammoni yeçmasdan undan “burilib” ötiş maqsadida sudga murojaat qiling, falonçiga murojaat qiling deb osongina işni boşqalarga yuklaşni odat qilib olgan. Açinarlisi, bu taşkilotlar özidan yuqori turuvçi davlat organlariga har doim bitta javobni - hali unday, hali bunday körinişda mazmunan bir xil tarzda taqdim etadi. Bunda, asosan, falon tadbir taşkil etildi. Pismadonça odam qamrab olindi, mutaxassislardan tegişli javob olindi kabi hisobotlar “gapiradi”. Ular olib borgan çora-tadbirlarning sifat darajasi, mavzu kölami ham öşa balandparvoz gaplaru, siyqasi çiqqan şiorlar boşqaça qilib aytganda, “yaşasin”, “ura-ura”dan boşqa narsa emas.

Tibbiyot kollejida ötgan uçraşuvda Oldingi çaqiriqda saylangan bir deputat bilan uçraşuvda iştirok etdim. Deputatimiz yurtni qanday seviş kerak, partiya qanday tadbirlarni ötkazayotgani töğrisida tölqinlanib sözladi. Tadbirdan söng deputat kollej rahbariyatining tadbir davomidagi sovuqqina munosabatidan norozi ekani töğrisida menga gapirib qoldi. Men unga şunçaki xafa bölmang, deb qöydim. Deputat hurmatni özi sörab olgandi. Kollej direktoridan tortib, öquvçilargaça allaqanday tadbirbozlik haqida hisobot bergan deputatga yana qanday munosabat bildiriş mumkin. Men davlatning oliy qonun çiqaruvçi hokimiyatida faoliyat yuritadigan sizlarning vakilingizman, deyişini kollejdagilar köp kutdi.