Xotin-qizlar.uz platformasi doirasida muammolarni o‘rganish moduli ishga tushiriladi
“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Xotin-qizlar.uz platformasidan skrinshot
2024 yil oktyabr oyidan Xotin-qizlar.uz platformasi doirasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish moduli (muammolarni o‘rganish moduli) ishga tushiriladi.
Muammolarni o‘rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo‘yicha “mahalla — tuman — viloyat — respublika” darajasida hal etilishi ta’minlanadi.
2024 yil 1 oktyabrgacha:
- muammolarni o‘rganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi;
- muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni mas’ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘rganib chiqish va hal etishni ta’minlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi.
2024 yil 1 oktyabrdan doimiy ravishda muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi
O‘zbekiston | 17:56
-
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 17:39
-
Rossiya koloniyalaridagi xorijliklarning 70 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari
Jahon | 17:31
-
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 17:20
Mavzuga oid

16:37 / 02.01.2025
Ayollarning ishlamasligi: madaniy cheklovmi yoki iqtisodiy?

11:47 / 03.12.2024
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi

18:52 / 27.11.2024
Prezident ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini ma’qulladi

17:57 / 12.10.2024