O‘zbekiston | 11:44 / 18.07.2017
7507
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

2017 yilning 6-8 sentabr kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. 

Yarmarka mahalliy kompaniyalar uchun o‘z mahsulotlarini taqdim etish, eksport geografiyasini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bozorlarini va yangi xorijiy hamkorlarni topish imkonini beradi. Chet ellik ishtirokchilarga esa, o‘z davlatlari bozorlari uchun meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish borasida hamkorlik aloqalari o‘rnatishga zamin yaratadi.

Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasidan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonda ekologik toza, xususiyatlari iste'molbop va mazasi bo‘yicha tengi yo‘q sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishning g‘oyat katta imkoniyatlari, shuningdek, ularning sanoat asosida qayta ishlangan tayyor sifatli mahsulotlari to‘g‘risida xorijdagi qayta ishlovchi va savdo kompaniyalarni keng xabardor qilishdan iboratdir.

Ko‘rgazma pavilonlarida, xususan, O‘zbekistonda yetishtirilgan ho‘l, quritilgan va qayta ishlangan meva, sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar hamda ziravorlar taqdim etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid