Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asadning o‘g‘li otasi va mamlakatdagi vaziyat haqida gapirdi
Suriya prezidenti Bashar Asadni “diktator” deb atayotgan kishilar, bu davlatdagi haqiqiy vaziyatdan bexabar. Bu haqda Suriya prezidentining 15 yoshli o‘g‘li Hofiz Asad O Globo nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Sky News.
Asadning o‘g‘li Rio-de-Janeyro shahriga Suriya delegatsiyasi tarkibida Xalqaro matematika olimpiadasiga kelgan.
“Otam qanday ekanini men bilaman. U haqda kishilar turli gaplarni aytishadi. Ko‘p vaziyatlarda salbiy fikrlar uzoqni ko‘ra bilmaganlar tomonidan bildiriladi. Biroq, ular aytayotgan narsalar haqiqiy holatga to‘g‘ri kelmaydi”, - deya ma'lum qildi Hofiz Asad.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u ham mamlakatida ro‘y berayotgan dahshatlarni ko‘rishga majburdir.
“Xalq va hukumat mamlakatni bosib olmoqchi bo‘lgan bosqinchilar bilan kurashda yakdil”, - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Suriya prezidentining o‘g‘li.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026