Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fermer va tadbirkorlar diqqatiga! Travel Today bilan AQShning eng yirik agro ko‘rgazmasida ishtirok eting
Siz o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishni istaysizmi? Fermerlik sohasida erishgan yutuqlaringizni jahon miqyosida keng targ‘ib qilishni maqsad qilganmisiz? Dunyoning turli burchaklarida faoliyat olib boruvchi soha vakillari bilan yaqindan tanishish va tajriba almashishni xohlaysizmi? U holda bu orzularingizni amalga oshirish fursati yetdi.
Travel Today sayyohlik firmasi o‘zbekistonlik fermer, tadbirkorlarni xo‘jalik sohasidagi jahonning yirik ko‘rgazmasi - FARM PROGRESS SHOW 2017ga taklif qiladi. Mazkur tadbir joriy yilning 29-31 avgust kunlari AQShning Illinoys shtati, Dekeyter shahrida o‘tkaziladi.


FARM PROGRESS SHOW haqida
Mazkur ko‘rgazma AQShda har yili an'anaviy tarzda o‘tkaziladigan xo‘jalik yuritish sohasidagi eng yirik tadbir sanaladi. Ochiq tabiat qo‘ynida 600 dan ortiq eksponent zamonaviy qishloq xo‘jaligi uskunalari, traktorlar, kombayn va boshqa qo‘shimcha vositalar, shuningdek, yangi texnik ixtirolar, urug‘ va ekinlarni himoya qiluvchi mahsulotlarni namoyish etishadi. Bundan tashqari, ishtirokchilar tadbirning asosiy shousi - dala namoyishlarini tomosha qilishga muvaffaq bo‘lishadi.


Nima uchun bu ko‘rgazmada ishtirok etish lozim:
* Bu yerda siz ferma va xo‘jalik sohasidagi dunyoning eng ilg‘or, zamonaviy yangiliklaridan xabardor bo‘lasiz;
* Agro biznes sohasining yetakchi vakillari bilan tanishasiz;
* Tadbirdan tashqari, xo‘jalik yuritish, marketing, menejment bo‘yicha seminar va forumlarda ishtirok etishingiz hamda o‘z g‘oya-takliflaringizni bildirishingiz mumkin;
* FARM PROGRESS SHOWda qatnashuvchilarga Travel Today tomonidan qulay shart-sharoitlar (vizani qo‘lga kiritish, sug‘urta, chiptalar, mehmonxona bron qilish,tarjimon xizmati va boshqalar) yaratiladi;
* Ko‘rgazma bilan bir qatorda AQShda unutilmas sayohatni amalga oshirasiz.


Shoshiling! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Travel Today bilan orzuingizni amalga oshiring va xo‘jalik sohasining eng yorqin lahzasiga guvoh bo‘ling. FARM PROGRESS SHOW orqali tajribangizni oshirib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va agro biznes sohasini rivojlantirish uchun o‘z hissangizni qo‘shing.

Murojaat uchun telefon: (+998 90) 955-00-06
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Xalqa yo‘li ko‘chasi, 20-uy
Mo‘ljal: 16-shahar kasalxonasi
Tadbir haqida batafsil ma'lumot: www.bigtour.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
11:21 / 20.04.2026