Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qadimiy likopcha 27 mln dollarga sotildi
Xitoy shimolidagi Chjetszyan viloyatining Xanchjou shahrida tashkillashtirilgan kimoshdi savdosida qadimiy bronza likopcha rekord narxda sotildi, deb xabar bermoqda South China Morning Post.
Xabarda aytilishicha, G‘arbiy Chjou (eramizdan avvalgi 1046 y. – eramizdan avvalgi 771 y.) qirollik sulolasi davridagi bronza likopcha 27 million dollarga sotilgan.
Likopcha sulolaning Shu Chiapan ismli vakiliga tegishli bo‘lgan. U taxminan uch ming yil muqaddam yashagan.
Diametri 27 sm bo‘lgan likopchada 133 belgidan iborat bo‘lgan yozuv bor.
Mavzuga oid
00:34
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026