Ota e'tiborsiz, 16 yoshli o‘g‘il esa oilaviy noutbuk xotirasida behayo filmlarni saqlab kelgan
Moskva-Qarshi yo‘nalishidagi 995-sonli aviareys bilan Qarshi xalqaro aeroportida parvozini yakunlagan Otaniyoz Maxmatqulovning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, unga tegishli bo‘lgan HP markali noutbuk xotirasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan 10 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Ma'lum bo‘lishicha, Otaniyoz endigina 16 yoshga to‘lgan. Uning yaqinlari doimiy ravishda Rossiya Federatsiyasida ishlaganliklari bois, u Moskva shahridagi maktablarning birida tahsil olib, o‘qish davomida ushbu noutbukdan muntazam ravishda foydalangan. Qizig‘i shundaki, unga tegishli bo‘lgan noutbukdan oila a'zolari ham doimiy foydalangan. Mazkur holat bo‘yicha unga hamparvoz bo‘lgan otasi Jo‘ra Maxmatqulovdan nima sababdan e'tiborsizlikka yo‘l qo‘ygani so‘ralganda, u bu “matoh”ga tushunmasligini, go‘yoki shu sababli e'tibor bermaganini bahona qildi.
Yana bir holatda, 624-sonli aviareys bilan ushbu xalqaro aeroportga Moskva shahridan uchib kelgan Sherzod Rahimovning o‘zi va qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, unga tegishli qo‘l telefoni hamda noutbuk xotirasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan qariyb 600 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi aniqlandi.
Yakunda fuqarolar O.Maxmatqulov hamda Sh.Rahimovga nisbatan tegishli sud organlarining qarorlari bilan jarima jazolari tayinlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan qo‘l telefoni va noutbuklar davlat egaligiga o‘tkazildi.
Mavzuga oid
20:11 / 20.07.2024
Qarshi aeroporti yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi
07:43 / 27.04.2024
O‘zganing sir saqlanishi lozim bo‘lgan videolarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayol ushlandi
22:32 / 20.04.2024
Qarshida DAMAS avtomobilida 25 nafar bolani tashigan haydovchi aniqlandi
23:02 / 16.04.2024