Quyida noutbuk tanlaş mezonlari va turli budjetlarga mos namunaviy modellar keltirilgan.

Noutbukda nimalar muhim

Bugungi kunda öqiş raqamli servislarga töliq boğlangan: videodarslar, hujjatlar, prezentatsiyalar va ta’lim platformalari. Şuning uçun noutbuk talabaning asosiy iş quroliga aylangan: vazifalarni qay darajada oson bajariş uning quvvati, avtonomligi va qulayligiga boğliq. Qurilma eng muhim paytda töxtab qolmasligi va kundalik yuklamaga doş berişi uçun qaysi xususiyatlar kerakligi, qaysi biri uçun esa pul sarflaş şart emasligini oldindan bilib olgan yaxşi.

1. Samaradorlik

Noutbukning samaradorligi haqida gap ketar ekan, eng asosiy unsur – bu protsessor. U qurilmaning miyasi: qançalik kuçli bölsa, noutbuk şunçalik tez öylaydi va buyruqlarni bajaradi – dasturlar, sahifalar, fayllarni oçadi.

Hozirda protsessorlar bozorida ikkita asosiy işlab çiqaruvçi bor:

  • Intel (Intel) – Amerika kompaniyasi, Core i3, i5, i7, i9 nomlari ostida protsessorlar işlab çiqaradi;
  • AMD (Ryzen) – Intel raqobatçisi, öxşaş quvvatli modellar işlab çiqaradi.

    Intel va Ryzen protsessorlari

    Protsessorlarni qanday farqlaş mumkin

Protsessorning raqami qançalik katta bölsa, u şunçalik kuçli böladi.

  • i3 / Ryzen 3 - bazaviy, Word, Zoom va brauzerda işlaşga möljallangan.
  • i5 / Ryzen 5 – oltin örtalik: öqişga ham, yengil dizayn, montaj va kodlaş işlarini bajariş mumkin.
  • i7 / Ryzen 7 – yarim professional, oğir dasturlar bilan işlaydiganlar uçun (video, 3D).
  • i9 / Ryzen 9 – asosan oğir öyinlar va iş stansiyalari uçun.

«Yangi avlod» nima degani

Protsessorlar har yili yangilanadi. Masalan, 12-avlod Intel Core i3 8-avlod i3 ga nisbatan yangiroq va kuçliroq.