Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: «Spartak» muxlisi «Dinamo» stadioni VIP-lojasida kaltaklandi
Moskvaning «Spartak» klubi muxlisi Rossiya chempionatining 1-turi doirasida «Dinamo» ga qarshi uchrashuv o‘tkazilgan «Arena Ximki» stadioni VIP-lojasida kaltaklangan.
«Mehmon jamoaning bir necha fanati qizil maykadagi muxlisni o‘rab olib, uni ura boshladi. Bu joyda styuardlar va politsiyachilar yo‘q edi, boshqa muxlislar esa voqeaga aralashishni istashmadi – bir kishining boshiga tinimsiz urayotganlarida boshqa odamlar shunchaki tomoshabin bo‘lib o‘tirishardi. Zo‘ravonlardan qutulgach jabrlanuvchining o‘zi politsiyaga borib, shikoyat qilgan. Chaqirilgan tibbiyot xodimlari uni topa olishmadi, 15 daqiqa o‘tib lojaga OMON kirib keldi», — deya hikoya qilgan «Chempionat» jurnalisti.
«Dinamo»ga qarshi derbi vaqtida o‘yinni tribunadan kuzatgan «Spartak» jamoasi futbolchisi Roman Zobninga ham hujum uyushtirilgandi.
Mavzuga oid
23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
14:08 / 13.05.2024
«Yosh o‘yinchilar mashg‘ulotga ham qatnay olmayapti». Samarqandga futbol kerak emasmi?
18:38 / 05.01.2024