Özbekistonlik muxlislarning Livandagi Osiyo kubogi-2000dan umidi katta edi. Oliy liga-1999 mavsumi 1-davrasidan keyin «Dinamo»ni peşqadamga aylantirgan Mahmud Rahimov milliy jamoa boş murabbiyi sifatida ham BAAda ötgan saralaş bosqiçida guruhda 1-örinni egallab, Özbekistonni final bosqiçiga olib çiqqandi. Ammo, yil yakunida «Osiyoning eng yaxşi murabbiyi» deb topilgan Mahmud Rahimov mudhiş avtohalokatga uçragaç, Livanga yangi murabbiy boşqaruvida yöl olgan milliy jamoamizni özbek futboli tarixidagi eng şarmandali natija kutayotgandi.

Mahmud Rahimovning tayinlanişi va ğalabali saralaş

Samarqandning «Dinamo» klubi 1998 yil Birinçi liga ğolibi sifatida Oliy ligaga yöllanma olgaç, klub rahbariyati Mahmud Rahimovni boş murabbiy etib tayinlagandi. Köhna şahar jamoasi 43 yoşli mutaxassis qöl ostida mavsumni ajoyib boşlab, 1-davradan keyin Oliy ligada peşqadamga aylanadi. Öşa yil milliy jamoa Osiyo kubogi-2000 saralaş bosqiçida iştirok etişidan avval Özbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati Mahmud Rahimovni milliy jamoaga boş murabbiy etib tayinladi.

1999 yil BAAdagi saralaş öyinlari oldidan milliy jamoa Samarqandda Ozarboyjon (3:0) va Malayziyaga (5:1) qarşi örtoqlik öyini ötkazib, tayyorgarlik kördi. Oktyabr oyida esa Birlaşgan Arab Amirliklarida ötgan saralaş bosqiç 3-guruhida Özbekiston Bangladeş (6:0), Şri-Lanka (6:0), Hindiston (3:2) jamoalarini mağlub etib, yagona yöllanma uçun bahsda mezbon BAAga qarşi ketma-ket 4-ğalabasiga (1:0) erişdi va yuz foizli natija bilan Osiyo kubogi-2000ga yöllanma oldi. Hal qiluvçi öyinda Mirjalol Qosimovning uzatmasini Maksim Şatskix golga aylantirgandi.

Rahimovning avtohalokatga uçraşi va yangi murabbiylar

Mahmud Rahimov boş murabbiyligida Özbekiston milliy jamoasi tarkibi ança kuçaygan edi. Mirjalol Qosimov, Andrey Fyodorov, Pavel Bugalo, Nikolay Şirşov, Sergey Lebedov singari yetakçilar qatoriga Ja’far Irismetov, Maksim Şatskix, Andrey Akopyans singari yangi nomlar qöşilgan, bu jamoaning Osiyo kubogidagi iştirokidan umid katta edi.

Ammo milliy jamoa boş murabbiyini oldinda ayançli qismat kutardi. Boş jamoamiz noyabr oyida BAAdan qaytgaç, oradan ikki oy ham ötmay, Mahmud Rahimovning avtohalokatga uçragani haqidagi şum xabar tarqaldi. 1999 yilning 24 dekabr kuni Toşkent – Samarqand avtotrassasida yuk maşinasi 44 yoşli mutaxassis boşqaruvidagi avtomobil bilan töqnaşişi oqibatida Mahmud Rahimov bu yoruğ olamni erta tark etadi... Bu esa turli miş-mişlarga sabab bölgandi.