Jamiyat | 20:20 / 20.07.2017
3928
2 daqiqa o‘qiladi

Angrendagi xonadonlardan birida yong‘in yuz berdi, fuqarolar qutqarib qolindi

2017 yil 15 iyul kuni soat 12:20da Angren shahar Ozodlik mahallasi Yoshlik ko‘chasi 43-uy 2-xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushadi. Yong‘in joyiga Angren shahar IIB Yong‘in xavfsizligi bo‘limi 5-harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismining 1, 2, 3-bo‘linmalari yetib borishadi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

To‘rt xonadondan iborat ikki qavatli uyning 1-qavatida joylashgan Gulfina Gabdulxakovaga tegishli xonadonda qisqa tutashuvlar oqibatida yong‘in kelib chiqib, eshik va derazadan chiqayotgan quyuq tutun qo‘shnilarning e'tiborini tortadi va zudlik bilan yong‘in xavfsizligi qismiga xabar berishadi.

Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan yong‘in sodir bo‘lgan uyning 2-qavatida tutundan zaharlangan fuqarolar borligi aniqlanib, yong‘in ichidan 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro Dilfuza Aliyeva va 2007 yilda tug‘ilgan Shabbona Qurolova tutun ta'sirida hushsiz holda topilib, olib chiqilgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid