Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent shahrida 51 kgdan ortiq giyohvandlik moddalari musodara qilindi
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 14-20 iyul kunlari oralig‘ida 20 ta holat aniqlangan. Toshkent shahar IIBB rasmiy vakili D.Toshxo‘jayevning ma'lum qilishicha, bu raqam yil boshidan 707 tani, oy boshidan 59 tani tashkil etgan.

Ta'kidlanishicha, Toshkent shahriga kirib kelish postlarida giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq jinoyatlar yil boshidan 118 tani, oy boshidan 10 ta va hafta mobaynida 3 tadan iborat bo‘lgan.
Shu bilan birga, hafta davomida 736 gramm, oy boshidan – 11 kg 038 gramm, yil boshidan esa 51 kg 244 gramm giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
Mavzuga oid
14:42 / 16.06.2026
Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i jinoyatda gumonlanib qo‘lga olindi
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026