Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaynonasidan katta miqdordagi mablag‘larni o‘margan kelin ushlandi
2017 yil 15 iyul kuni Xovos tumani IIBga Xovos tumani, Istiqlol MFY, Islomobod ko‘chasida yashovchi, Diyora Kenjayeva (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) murojaat qildi, deb xabar berdi Kun.uz’ga Sirdaryo viloyati IIB.
Kenjayevaning arizada ma'lum qilishicha, 2017 yil 17 iyundan 13 iyulga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs yashash uyiga ochiq qoldirilgan eshik orqali kirib, ayvonining pol ostida turgan 9.555.000 so‘m va 1.200 AQSh dollari pullarini o‘g‘irlab, jami 14.371.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligini ma'lum qilgan.
15 iyul kuni Xovos tumani IIB TB tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-modda 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyatni ochish maqsadida Xovos tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, arizachining birga yashovchi kelini Dilbar Kenjayeva sodir etganligini aniqlanib, daliliy ashyolar olingan.
Mavzuga oid
00:19 / 05.07.2026
Sirdaryodagi har ikkinchi baliq tanasida mikroplastik borligi aniqlandi
19:28 / 20.06.2026
Sirdaryoda tanishining pulini qalbaki dollarga almashtirib qo‘ygan ayol ushlandi
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
22:59 / 05.05.2026