Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Neymarga katta mukofot puli va'da qilgan
«PSJ» hamon «Barselona» hujumchisi Neymarni sotib olish fikridan qaytmayapti, deb yozmoqda Globo Esporte. Buning uchun parijliklar kataloniyaliklarga 222 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, agar 25 yoshli braziliyalik futbolchi parijliklar safiga o‘tsa, uning o‘zi shartnoma imzolagani uchun 50 million yevro mukofot puli ishlab oladi va barcha soliqlarni chiqarib tashlaganda yiliga 35 million yevrolik maoshga ega 5 yillik bitimga imzo chekadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kataloniya klubi rahbariyati Neymarni sotib olish uchun hech kimning puli yetmasligini aytib, barcha mish-mishlarni rad etgandi.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
15:43 / 31.05.2026