Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yashovchi o‘zbekistonlik xotinini urib o‘ldirdi
Rossiya IIVning Sankt-Peterburg shahri Admiralteyskiy tumani boshqarmasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 16 iyul kuni Dekabrchilar ko‘chasidagi turarjoylardan birida qotillik sodir etilgan. Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekistonning 1987 yilda tug‘ilgan fuqarosi adovatli munosabatlar ortidan turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qoladi. Shundan so‘ng, u 27 yoshli rafiqasini urib, do‘pposlaydi, deb xabar qilmoqda politexpert.net
Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan ayol yashab turgan xonadonida hayotdan ko‘z yumadi. Qo‘ni-qo‘shnilarning xabarlaridan keyin voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari g‘arazgo‘yni ushlab, navbatchi qismga olib borishgan.
Ayni vaqtda qotillik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jinoyatchiga nisbatan ehtiyot chorasi ko‘rish masalasi hal etilmoqda.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:26 / 11.07.2026
Buyuk Britaniyada taniqli siyosatchi Enn Uiddikomb o‘ldirildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026