Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:04 / 21.07.2017
5541
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an: Germaniya Turkiyani “tahdidlar” bilan qo‘rqita olmaydi
Foto: Russia Today
Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Germaniya Turkiyani “tahdidlar” bilan qo‘rqita olmaydi.
Bu haqda AFP Turkiya prezidentining bayonotiga asosan xabar bermoqda.
“Germaniya Turkiyani “tahdidlar” bilan qo‘rqita olmaydi”, - deya yozadi agentlik.
Avvalroq ikki davlat o‘rtasida mojaro yuz berdi. Bunga Turkiyada nemis huquq himoyachisi Peter Shtoydtnerning hibsga olingani sabab bo‘ldi.
Bundan avval Germaniya hukumati Turkiyaga qurol yetkazib berishni muzlatib qo‘yishi mumkin ekani haqida xabarlar tarqaldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish