Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar «Barselona» futbolchilariga «PSJ»ga o‘tayotgani haqida aytgan
«Barselona» hujumchisi Neymar kelgusi faoliyatini «PSJ»da davom ettirmoqchi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubidagi bir qator sheriklariga «PSJ»ga o‘tayotgani haqida aytishga ham ulgurgan. «Barsa» futbolchilari allaqachon uning ketishiga ko‘nika boshlagan.
Shuningdek, Neymar Instagram ijtimoiy tarmog‘iga o‘ychan ko‘rinishdagi suratini joylagan va unga o‘ychanlikni bildiruvchi smaylkni sharh sifatida qoldirgan. Bu post darhol «PSJ»ning bir qator futbolchilari tomonidan «layk»langan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Radio Catalunya Neymarning «PSJ»ga o‘tishi 95 foizga hal bo‘lgani, unga shartnomasida ko‘rsatilgan 222 million yevro miqdorida tovon puli to‘lanishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
02:10 / 15.04.2026
«Barselona» kambek qilolmadi
09:55 / 12.04.2026
Yamalda – yubiley, «Bavariya»da – rekord, Shomurodovda – dubl. Kun o‘yinlari
12:01 / 09.04.2026
YeChL. «Barsa» va «Liverpul» birinchi o‘yinlarida yutqazdi
11:58 / 05.04.2026