Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati ma'muriy markazi xorijlik arxitektorlar tomonidan quriladi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida olib boriladigan qurilish ishlari bilan tanishdi. Uning ma'lum qilishicha, Toshkent viloyati ma'muriy markazi - To‘ytepa shahri xorijlik arxitektorlar tomonidan quriladi.
«Shu kungacha Toshkent viloyatining ma'muriy markazi yo‘q edi. Bugun bu ishga kirishmasak ertaga kech bo‘ladi», — degan Prezident.
Davlat rahbari To‘ytepa shahrini viloyatning markazi sifatida qayta qurish tadbirlari amalga oshirilayotgani, bu borada xorijdan arxitektorlar taklif qilinganini ta'kidladi.
Prezident loyiha bilan tanishar ekan, Toshkent—To‘ytepa yo‘li atrofida zamonaviy uy-joylar qurish, ijtimoiy soha obektlarini zamon talablari darajasida barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, yil avvalida Toshkent viloyati ma'muriyati To‘ytepa shahriga ko‘chib o‘tgandi.
Mavzuga oid
18:11 / 03.07.2020
To‘ytepa, Parkent, Chinoz, Chotqol... - Toshkent viloyatidagi joy nomlari ma'nosini bilasizmi?
01:03 / 03.12.2018
Toshkentda yo‘qolib qolgan 14 yoshli qiz Nurafshonda topildi
17:17 / 26.09.2017
«Ilk smart shahar uchun o‘zbek tilidagi so‘z yarashmaydimi?» - Prezidentga murojaat
10:24 / 25.08.2017