Içki işlar idoralari va befarq bölmagan fuqarolarning jonbozligi natijasida 29 noyabrda Toşkent şahrida yöqolib qolgan 14 yoşli Visola Ğofurova soğ-omon holda topildi.
Ma'lum qilinişiça, qiz yöqolganidan 4 kun ötib, ya'ni 2 dekabrda Toşkent viloyati Nurafşon şahridagi qarindoşlarinikida topilgan. Noma'lum sabablarga köra, qizning ota-onasi farzandining qayerdaligidan bexabar bölişgan va uni mustaqil izlaşlari natija bermagaç, içki işlar idoralariga murojaat qilişgan.
Keles şahridagi 18-maktabning 8-sinfida ta'lim oluvçi Visola Ğofurova 29 noyabrda soat taxminan 12larda Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi qarindoşlari uyidan çiqib ketib, bedarak yöqolgandi.











