Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.
Shavkat Mirziyoyev To‘ytepada viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatda kommunal sohadagi kamchiliklarni keltirib o‘tdi va bu muammolarni bartaraf etish maqsadida viloyat hokimiga Kommunal soha bilan shug‘ullanadigan o‘rinbosar tayinlash taklifini berdi.
«Kun.uz» manbasi xabar qilishicha, bu lavozimga polkovnik Qobil Hamdamov tayinlangan. Bungacha u Mudofaa vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Ma'lumot uchun, Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyevning shu vaqtgacha 6 o‘rinbosari bor bo‘lib, ular: Tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar Maxmud Abdurahmonov, Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Usmon Rahimov, Qishloq va suv xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosar (vakant), Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar Bahodir Ahmedov, Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosar Alimardon Qarshiyev hamda Xotin qizlar qo‘mitasi raisi, hokim o‘rinbosari Sayyora Fayziyeva.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026