Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yangi tog‘ chang‘i dam olish maskani barpo etiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga «Amirsoy» tog‘ chang‘i dam olish maskani bosh rejasi taqdim etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tog‘ chang‘i dam olish maskani loyihasi zamonaviy yechimlari va ko‘lami bilan ajralib turadi. Bunda yilning turli fasllarida sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan tizim yaratiladi.
Prezident Toshkent viloyatining sayyohlik salohiyatidan unumli foydalanish zarurligini ta'kidlagan.
«Shunday sharoit bo‘la turib, mavjud imkoniyatlardan foydalanmayapmiz», — degan Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbariga Toshkent viloyatining so‘lim go‘shalarida tajriba sifatida mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha takliflar taqdim qilingan. Bunda azaliy urf-odatlar asosidagi tadbirlarga sayyohlarni jalb etish, ularga milliy taomlar tayyorlashni namoyish etish va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026