17:57 / 21.07.2017
7881

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Xitoyda muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a'zosi, XKP MQ siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi Men Tszyanchju bilan Pekinda muzokaralar o‘tkazdi.

“Sinxua” agentligi xabariga ko‘ra, Men Tszyanchju Xitoy O‘zbekiston bilan ikki davlat yetakchilari tomonidan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, “Kamar va yo‘l” tashabbusini O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi bilan yanada kuchaytirishga tayyor ekanini ta'kidlab o‘tdi. Bunda ikki tomonlama hamkorlikning yangi manbalarini tashkil etish, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik darajasini oshirish va davlatlararo hamkorlikda yangi natijalarga to‘xtovsiz erishishga ko‘mak ko‘rsatish maqsad qilingan.

Qo‘chqorovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishda Xitoy tajribasini o‘rganish va ikki davlat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni barcha sohalarda chuqurlashtirish niyatida.

Mavzuga oid
Top