Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining yana bir tuman Kengashiga rais saylandi
Joriy yilning 21 iyul kuni Navoiy viloyati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Karmana tuman Kengashining kengaytirilgan birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz’ga ittifoq Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda viloyat hokimi Tursunov Kobul Beknazarovich, Karmana tuman hokimi Umarov Faxritdin Samatovich hamda tuman yoshlari vakillari, hamkor tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Kengash yig‘ilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Karmana tuman Kengashi tarkibini saylash, tuman Kengashi raisini saylash hamda Ijroiya Qo‘mitasi tarkibi to‘g‘risidagi masalalar kiritildi.

Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 30 iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi,
Yoshlar masalalari bo‘yicha idoralararo kengash oldida turgan dolzarb vazifalar haqida ma'ruza qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Karmana tuman Kengash raisi etib bir ovozdan Rashidov Jalil Ibodullayevich saylandi.
Mavzuga oid
15:03 / 04.05.2025
Navoiyda ikki nafar yoshlar yetakchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
18:50 / 16.03.2024
Navoiyda 4 oylik chaqalog‘ini sotishga uringan ayol qamaldi
07:33 / 10.04.2023
Navoiyda 3 qavatli qurilish mollari savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi
14:12 / 21.06.2022