Navoiy viloyati Karmana tumanida ikki nafar yoşlar yetakçisi yöl-transport hodisasi oqibatida halok böldi. Bu haqda Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa’dullayev ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, Karmana tumani Farhod mahallasi yoşlar yetakçisi Uluğbek Oblaqulov va uşbu tumanning Bahrom mahallasi yoşlar yetakçisi Muhriddin Bahronov avtohalokat sabab vafot etgan.

«Bir kunda tizimning yoş va zabardast ikki yetakçisining kutilmaganda bunday baxtsiz hodisa natijasida vafot etişi — juda oğir musibat. Jamoamiz nomidan marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiramiz.

Vafot etgan döstlarimizning ota-onasi va yaqinlariga moddiy va ma’naviy kömak körsatiladi», — deb yozadi agentlik direktori.

Şuningdek, YTHga uçraganlar orasida Karmana tumani Yoşlar işlari bölimi şu’ba mutaxassisi Valijon Qosimov ham bölgan. Hozirda u şifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

«Uning ham tezroq şifo topib, tuzalib ketişi uçun barça imkoniyatlarni işga solamiz va yordam beramiz», — deya ta’kidlaydi Alişer Sa’dullayev.