Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston “OAV to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirishda Britaniya tajribasini o‘rganadi
O‘zbekistonommaviy axborot vositalari haqidagi qonunchilik me'yorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishdan avval xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganadi. Bu haqda Xalqaro Press-klub sessiyasida Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Akmal Burhonov ma'lum qildi.
“Harakatlar strategiyasi” doirasida qabul qilingan davlat dasturining 51-bandida “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va jurnalistlarning kasb etikasi hamda faoliyati to‘g‘rsidagi qonunlarga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish borasida chora-tadbirlar belgilangan. Bu joriy yil uchinchi choragida, ya'ni sentabr oyi oxirida yakunlanishi kerak.
Ma'lumki, Taraqqiyot strategiyasi markazi asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri bu ekspertlik muhokamalarini tashkil etishdir. Qonun loyihalarini ishlab chiqishda xorijiy davlat tajribalarini o‘rganish. Shu maqsadda Buyuk Britaniya elchixonasi bilan uchrashdik, ular qo‘llab-quvvatlashdi. OAVga doir qonunni takomillashtirishda Buyuk Britaniya tajribasi o‘rganiladi. Ushbu bandni bajarishda ijro jihatidan Oliy Majlis belgilangan edi. Ammo, birorta partiya yoki Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar hanuzgacha taklif bergani yo‘q”, - deya partiyalarning sustligini tanqid qildi Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Akmal Burhonov.
Mavzuga oid
15:13 / 12.09.2025
NNT ishiga noqonuniy aralashuvchi davlat xizmatchilari javobgarlikka tortiladi
18:49 / 01.03.2023
Tibbiy ma’lumotnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
01:08 / 01.03.2023
1 sentabrdan 10–11-sinf o‘quvchilari qiziqishiga mos dasturlar asosida o‘qitiladi – davlat dasturi
23:02 / 28.02.2023