Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerevan va Boku Tog‘li Qorabog‘dagi sulh buzilish holatlariga doir ma'lumotlar taqdim etdi
foto: razm.info
Ozarboyjon armiyasi 2017 yil birinchi yarmida 9 ming martaga yaqin Tog‘li Qorabog‘ bilan chegaradosh hududlarda sulh bitimini buzdi. Bu haqda Armaniston mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘ mudofaa armiyasi hisobotiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
"Bu davr mobaynida Qorabog‘dagi harbiylar pozitsiyalariga 121 mingdan ortiq marta o‘qotar qurollar o‘t ochilgan", - deyiladi xabarda.
Ozarboyjon armiyasi tanklarga qarshi "Spayk" raketa majmualari, TR-107 yalpi reaktiv o‘t ochish tizimlari, D-30 gaubitsalari va D-44 pushkalaridan o‘q uzilgan.
O‘z navbatida, Ozarboyjon mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, Armaniston qurolli kuchlari yil boshidan beri Qorabog‘ mojarosi chegarasida 20 mingdan ortiq o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzgan.
"Armaniston armiyasi 2017 yilboshidan beri 20 307 marta o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzdi", - degan matbuot xizmati rahbari Vagif Dargyaxli.
Uning so‘zlariga ko‘ra, arman harbiy bo‘linmalari faqat Ozarboyjon qurolli kuchlari pozitsiyalarini emas, balki aholi punktlarini ham o‘qqa tutmoqda.
Xususan, o‘tgan bir kecha-kunduzda frontning turli yo‘nalishida 133 marta sulh buzilgan.
Mavzuga oid
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026