Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroillik harbiylar 3 kishini pichoqlab o‘ldirgan falastinlikning uyini buzib tashlaydi
Isroillik harbiylar kecha uch isroillikni pichoqlab o‘ldirgan falastinlik yashagan qishloqni to‘sib qo‘yishdi. U yerda tintuvlar o‘tkazilmoqda va ushbu shaxs yashagan uy buzib tashlanish arafasida, deb xabar bermoqda Isroil armiyasi matbuot xizmati.
Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi Neva-Tsufdagi terakt oqibatida uch isroillik o‘ldirildi. Yana bir inson – keksa yoshli ayol pichoq bilan yetkazilgan jarohatlar tufayli shifoxonaga olib ketilgan.
"Xalamishdagi teraktdan so‘ng… "Binyamin" brigadasi Xobar qishlog‘ida keng ko‘lamli amaliyotni boshladi, terrorchi shu yerlik bo‘lgan. Amaliyot davomida brigada harbiy xizmatchilari, maxsus bo‘linmalar jangchilari va umumiy xavfsizlik xizmati xodimlari qishloqqa kirish hamda undan chiqishni to‘sib qo‘yishdi", - deyilgan matbuot relizida.
"Harbiy xizmatchilar terrorchining uyini buzib tashlashga tayyorgarlik ko‘rishmoqda, tintuvlar o‘tkazishmoqda va uning akasini hibsga olishdi", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:09 / 08.05.2026
Isroil hujumi natijasida Hamas bosh muzokarachisining o‘g‘li halok bo‘ldi
12:17 / 05.05.2026
Isroilni qoralagan Yulduz Usmonovaning Nyu Yorkdagi konserti bekor qilindi
17:31 / 03.05.2026
“AQSh-Eron: Tramp imkoniyat oynasini ochiq qoldiryapti” - siyosatshunos
18:02 / 01.05.2026