Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar amiri arab davlatlari boykotni tugatishiga umid bildirdi
Qatar amiri shayx Tamim bin Xamad al-Taniy qator arab davlatlari tomonidan Doha nisbatan e'lon qilingan boykotni qoraladi, shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi mojaroga yechim topishga umid bildirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar qilmoqda.
Qatar rahbarining aytishicha, mamlakati bor bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun muloqotga ochiq, biroq bunda boshqa mamlakatlar Qatar suverenitetiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi lozim.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, boykot “Qatarni jahon hamjamiyati ko‘z o‘ngida yomonotliq qilishga qaratilgan va yaxshi rejalashtirilgan kampaniyadir”. Uning fikricha, boykot e'lon qilgan davlatlar rejasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi, sababi “amirlik aholisi juda irodali ekanliklarini ko‘rsatishgan”.
Al-Taniyning qo‘shimcha qilishicha, “Qatar terrorizm bilan qattiq kurash olib bormoqda va bu xalqaro arenada tan olindi”.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
19:38 / 22.06.2026