Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobod hokimi prezidentdan tuman uchun «Tez yordam» mashinalari so‘rab oldi
21 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida bo‘lib, viloyat faollari bilan uchrashdi. Viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent viloyati salohiyatini oshirish va iqtisodiy potensialini rivojlantirishga doir bir qator ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, viloyat tuman va shaharlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritib, taklif va mulohazalarni ham eshitdi.
Jumladan, Bekobod tumani hokimi Otabek Isroilov o‘z so‘zida Bekobod tumaniga berilayotgan e'tibordan mamnunligini bildirdi va tumanda aholi yashash manzillari orasidagi masofa uzoq ekanligini hisobga olgan holda 10ta «Tez yordam» mashinasi berilishini iltimos qildi.
Shunisi ahamiyatliki, murojaatning keyingi kuni – 22 iyul kuniyoq «Tez yordam» avtomashinalari tumanga keltirilgan.


Shu kuni mashinalarni qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Tuman faollari va aholisi ushbu ezgu ishning boshida turgan prezidentga o‘z minnatdorchiligini bildirishgan.
Mavzuga oid
11:31 / 10.11.2025
Yashnobodda tez yordamga qo‘shimcha kuch: qutqaruvchilar bemorni yuqori qavatdan tushirdi
09:16 / 31.10.2025
Toshkentda «Mercedes-Benz» tez yordam avtomobili bilan to‘qnashdi
13:40 / 27.09.2025
Marg‘ilonda tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi
19:40 / 04.08.2025