Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu Neymarga maslahat berdi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Barselona» hujumchisi Neymarga «PSJ»ga o‘tmaslikni maslahat qildi.
Football Espana nashri xabariga ko‘ra, Ronaldu WhatsApp orqali Neymar bilan gaplashgan va unga «Kamp Nou»da qolishni, faoliyatida orqaga qadam tashlamaslikni maslahat bergan. Qo‘shimcha qilinishicha, portugaliyalik futbolchi raqib jamoa yetakchisiga «Manchester Yunayted»dan taklif kelishini kutishni tavsiya etgan.
Ma'lumki, bu ikki ashaddiy raqib jamoaning ikki futbolchisi o‘zaro do‘stona munosabatlarga ega hisoblanadi.
O‘tgan haftada Neymar jamoasini o‘zgartirmoqchi ekani, bu uning kataloniyaliklar jamoasida «Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan izohlagani haqida xabarlar tarqaldi.
Parij klubi ushbu futbolchi uchun 222 mln sarflab, unga katta maosh tayinlashga (yiliga 30 mln yevro), shuningdek, transferga rozilik berishi uchun katta miqdorda bonus berishga tayyor.
Mavzuga oid
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
22:11 / 14.12.2025
Saudiya shahzodasi "Barselona" klubini sotib olmoqchi
14:34 / 14.12.2025
Saloh qaytdi va rekord o‘rnatdi, «Arsenal» va «Barsa»da qiyin g‘alaba
10:09 / 07.12.2025