Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yoshlar magistraturada o‘qish uchun Rossiya Federatsiyasiga yuborildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muxandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3003 sonli qarori bilan muxandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimida o‘zaro hamkorlik asosida ilmiy va ta'limiy loyihalarini amalga oshirish, o‘quv-ilmiy jarayonga xorijiy davlatlarning o‘qituvchi va mutaxassislarini jalb etish, ilmiy-pedagog kadrlarning xorijda malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish maqsadida soha bo‘yicha yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari, shu jumladan Rossiya Federatsiyasining turdosh oliy ta'lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish vazifalari qo‘yilgan.
Natijada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Rossiya Federatsiyasining 11ta universitet va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro xamkorlik shartnomalarini tuzdi.
2017 yilda institutning bakalavriatura ta'lim yo‘nalishlarini a'lo baholarga tamomlagan 12 nafar bitiruvchi Rossiya oliygohlariga yo‘llandi. Ulardan 5 nafari Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universitetida, 7 nafari Povolojsk davlat texnologiya universitetida magistraturada o‘qishlarini davom ettirishadi.
Shu munosabat bilan 2017 yil 18 iyul kuni institut rektori O‘.P.Umurzakov bilan Rossiya Federatsiyasiga OTMlariga magistraturada o‘qish uchun yuborilayotgan bitiruvchi talabalar uchrashuvi o‘tkazilib, ularning o‘qishlari uchun yaratib beriladigan imkoniyatlar, kelgusida ilmiy va ilmiy–pedagog kadrlar bo‘lib institutga soha yetuk kadrlar bo‘lib qaytishlari to‘g‘risida maslahatlar berildi va fikrlar almashinildi.


Institutning Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori T.Sultonov 2017 yil 20 iyul kuni I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan 5 nafar (Toshkent shahridan 1 nafar, Toshkent viloyatidan 1 nafar, Farg‘ona viloyatidan 1 nafar) bitiruvchilar Sankt-Peterburg shahriga ota-onalar, institut rahbariyati tomonidan kuzatib yuborilganini e'tirof etdi.

Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026