Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Haj-2017” mavsumida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Foto: Muslim.uz
22 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Haj-2017” mavsumida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘.Hasanboyev, O‘MI raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, O‘MI raisi o‘rinbosari I. Inomov, O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri M.A.Shakirov va “Haj-2017” mavsumida ziyoratchilarga xizmat qiluvchi ishchi guruhi, tibbiyot guruhi hamda oshpazlar guruhi ishtirok etishdi.
Tadbirda ishchi guruhi tomonidan rioya etiladigan qonun-qoidalar, ularning burch va mas'uliyatlari, haj ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning ishchi guruhiga taalluqli bo‘lgan jihatlari atroflicha yoritildi.
Shuningdek, safarga doir hujjat ishlarida nimalarga e'tibor qaratish lozimligi va guruhdagi ziyoratchilar bilan ishlash davomida ularning pasport va boshqa hujjatlarini yuritish qoidalari borasida ham ma'lumot berildi.

Tadbir yakunida mutasaddilar guruh rahbarlari tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdilar.
Mavzuga oid
18:10 / 18.02.2026
Nima uchun Ramazon oyining boshlanishi ayrim davlatlarda farq qilmoqda?
22:15 / 17.02.2026
«17 fevral kuni hilol ko‘rinmadi, Ramazon 19 fevraldan boshlanadi» - O‘zbekiston musulmonlari idorasi
19:23 / 14.06.2025
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
16:09 / 03.05.2025