Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kattaqo‘rg‘onning Tarnov qishlog‘iga asfalt yo‘l tortildi (foto)
Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, «Tarnov» MFY, Tarnov qishlog‘iga eltuvchi yo‘l asfaltlandi. Mahalla faollaridan biri Sarvar Rajabovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, qishloq yo‘lining asfaltlanishi mahalla aholisi va «Samarqandyo‘lqurilish» DUK sa'y-harakatlari evaziga amalga oshirilgan.
— Qishloq ko‘chamizning ahvoli keyingi yillarda juda abgor edi. Uning 500-600 metr qismida yog‘ingarchilik payti suv to‘planib qolar, suv hatto tizzagacha ko‘tarilib, fuqarolar va avtomashinalarning harakatiga to‘sqinliq qilar edi, — deydi S.Rajabov.
«Biz tegishli joylarga murojaat qildik. Albatta, murojaatlarimiz bee'tibor qoldirilmadi. Davlat tomonidan bu maqsadda 250 million so‘m ajratilishini aytishdi. Faqat 970 metr uzunlikdagi yo‘lni asfaltlash uchun qishlog‘imiz aholisiga yo‘lni tosh, shag‘al to‘kib asfaltlashga tayyorlab berish so‘raldi. Qishloq ahli 40 million so‘m pul yig‘ib, ishchi yollab, o‘zlari ham hasharda qatnashib, 47 yil muqaddam bunyod etilgan 3 ta ko‘prikni ham yangidan barpo etib, kengaytirib, yo‘llarga 300 «KamAZ» tosh va shag‘al to‘kib, tekislab, asfaltlashga tayyorlab berishdi», — deya tafsilotlar bilan o‘rtoqlashdi mahalla faoli.
— «Samarqandyo‘lqurilish» DUK tuman bo‘limi 4500 metr kvadrat yuzasini qaynoq asfalt bilan bostirib berdi, qishloq aholisi bajarilgan ish va qilingan mehnatdan juda minnatdor, — deydi Sarvar Rajabov.










Mavzuga oid
08:21
Samarqandda zamonaviy dor yo‘li qurilishi boshlandi
08:51 / 18.02.2026
Tuman sabab Istanbul-Toshkent reysi Samarqandga yo‘naltirildi
20:30 / 14.02.2026
Samarqandda bojxonachilar salkam 800 gramm opiy yashirilgan "jonli konteyner"larni to‘xtatib qolishdi
20:33 / 12.02.2026