Jahon | 18:32 / 24.07.2017
4949
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel va Makron Ukrainada yangi davlat tuzilishi haqidagi bayonotlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytishdi

GFR kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Malorossiyaning tuzilishi haqidagi bayonotlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida ma'lum qilishdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning rasmiy saytida xabar berilgan.

«Fransiya prezidenti va Germaniya kansleri Ukrainaning hududiy yaxlitligiga rahna soluvchi, jumladan, Malorossiya, deb atalayotgan davlatni tuzish haqidagi istalgan bayonotlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tishdi», - deyiladi rasmiy xabar matnida.

Shuningdek, tomonlar o‘t ochishni butunlay to‘xtatish va og‘ir qurol-yarog‘ni olib chiqish muhimligini ham qayd etganlar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid