Jamiyat | 22:21 / 24.07.2017
5114
2 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan ayol yana o‘g‘irlikka qo‘l urdi 

Buxoro  shahar IIBga, Jondor tumani, Zarafshon ko‘chasi 78-uyda yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan nafaqadagi R.Rajabov ariza bilan murojaat qildi, deb xabar qildi Kun.uz’ga Buxoro IIB.

Ma'lum bo‘lishicha, Rajabov Jondor tuman, Zarafshon ko‘chasida o‘ziga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida notanish ayol yo‘lovchi sifatida chiqib, Buxoro shahar Shaftolizor ko‘chasida avtomashinadan tushayotgan vaqtida avtomashina salonining old qismida turgan, avtomashina egasiga tegishli qora rangli sumkaga solingan jami 1.500.000 so‘m naqd pullarini unga sezdirmasdan yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joydan yashiringanligini bildirgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surushtiruv tadbirlari davomida ushbu o‘g‘rilik jinoyatini Buxoro tumani, A.Shokirov MFY, Urganjixona qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1976 yilda tug‘ilgan Gulchehra To‘rayeva sodir qilganligi shu kunning o‘zida aniqlandi va G.To‘rayevadan 1.500.000 so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan G.To‘rayevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid