13:02 / 24.07.2017
13976

Neymar «Barselona»ga o‘z shartini ma'lum qildi

«Barselona» hujumchisi Neymar agar shartnomasida moliyaviy jihatlar yaxshilab berilsa, jamoada qolishga rozi bo‘ladi. AS ma'lumotiga ko‘ra, uning agenti hisoblanadigan otasi muzokaralar vaqtida shunday talabni ilgari surgan.

Qayd etilishicha, klub vakillari shartnomadagi moliyaviy jihatlarni yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqchi. Shu bilan birgalikda, parallel ravishda Parij vakillari bilan muzokara o‘tkazgan.

O‘tgan haftada Neymar jamoasini o‘zgartirmoqchi ekani, bu uning kataloniyaliklar jamoasida «Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan izohlanishi haqida xabarlar tarqaldi.

«PSJ» esa 25 yoshli bu futbolchini 222 million yevroga transfer qilib, u bilan yiliga 30 million yevro miqdoridagi maosh to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma tuzishga tayyor.

Neymar «Barselona» tarkibida 2013 yildan buyon o‘ynamoqda. U jami 186 o‘yinda maydonga tushib, 105ta gol urgan va 80ta golga hammualliflik qilgan.

Top