Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik amaldorlarga Tramp mehmonxonalarida to‘xtash taqiqlanishi mumkin
Foto: AFP
Virjiniya shtatidan kongressmen Don Bayyer federal xizmatchilarga xizmat safarlari vaqtida AQSh prezidenti Donald Tramp mehmonxonalarida to‘xtashni taqiqlashni taklif qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Demokratchi Bayyer kongressga Trampga "soliq to‘lovchilar hisobiga boyishga" xalaqit berishga qaratilgan 4 ta tuzatmani kiritdi. Gap yiliga 9 mlrd dollar haqida ketmoqda – hukumat xizmat safarlari va ular bilan bog‘liq xarajatlarga aynan shuncha miqdorda pul sarflaydi.
Kogressmenning aytishicha, u qonun loyihasiga tuzatmalarni "o‘z biznesidan voz kechishni istamayotgan respublikachi prezidentning misli ko‘rilmagan harakatlari hamda Tramp tashkilotlari va Oq uy o‘rtasida davom etayotgan chalkashliklar" sababli kiritishni taklif qilgan.
Tramp ko‘plab mehmonxonalar, kazino, golf-klub va boshqa ko‘chmas mulk obektlariga ega. Tramp saylovlarda g‘olib bo‘lgandan keyin o‘z biznesini o‘g‘illariga topshirishini aytgan, biroq kompaniyasini sotishdan bosh tortgan. Shu sababli Oq uy egasi muxolifat tomondan tanqid qilinadi. Muxolifat Tramp xatti-harakatlarida manfaatlar ziddiyati mavjudligini ta'kidlaydi.
Mavzuga oid
16:53 / 08.03.2025
“Korrupsiya baribir yo‘qolmaydi degan ko‘nikish paydo bo‘lib qoldi” - ekspertlar bilan suhbat
09:12 / 06.03.2025
Rossiya qo‘shinlari Kriviy Rigdagi mehmonxonaga zarba berdi: qurbonlar bor
00:16 / 28.01.2025
Turkiyada 78 kishining o‘limiga olib kelgan mehmonxonadagi yong‘in nima sababdan yuz bergani aniqlandi
11:38 / 25.01.2025